Kambag‘allik nima? Nochor yashashga kim aybdor? "Pul topish juda qiyin, uni sarflashni bilish esa eng qiyini," degan xalq hikmatini qanday tushunasiz? Farovonlikka eltuvchi yorug‘ yo‘l bormi? Bu savollarga amerikalik yozuvchi Jorj Samuel Kleyson o‘zining "Bobillik boy" asarida javob izlaydi. 1926-yilda nashr etilgan ushbu kitob moliyaviy muvaffaqiyatga erishish usullarini o‘rgatadigan risolalar turkumiga kirdi, tezda banklar va sug‘urta kompaniyalari orasida tarqaldi va millionlab o‘quvchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Aytishlaricha, barcha millionerlar bu kitobni o‘qib chiqishgan.

