• ISBN 978-9943-23-196-2 Muallif Jorj Oruell Til O'zbekcha Yozuv Kirillcha Tarjimon Karim Bahriyev Betlar soni 338 Nashriyot Nihol nashr Muqovasi Yumshoq Qog‘oz formati A5 Chop etilgan yili 2020
Jorj Oruell o‘z asari orqali, balki o‘tmishni tasvirlagan, balki kelajakni bashorat qilgandir. Kimdir nafrat daqiqasida nafratlanayotgan yoki nafratlanishga majburlangan bo‘lishi, ikki karra ikki besh deyishni istamagani uchun birov tirik murdaga aylantirilishi, ongsizlik holatidagi Parson esa bizga zamondosh bo‘lishi mumkin.
Kitobning oxiriga yetmay turib, o‘quvchida fikr uyg‘onadi: bizni hozir aldashmayaptimi? Balki, asar bilan tanishgan kishi statistika, keltirilayotgan yangiliklar, olamshumul marralar haqidagi hikoyalarga shubha bilan qaray boshlar. Oruell dahshatli, qayg‘uli voqealarni, shu bilan birga siz va bizga tanish haqiqatni tasvirlaydi. U kishilarni manqurt bo‘lmaslikka, fikrlashga, o‘z so‘zini aytishga chaqiradi, so‘z va fikr erkinligi mavjudligini eslatadi.

