1945 yilning 15 fevralida Jorj Oruell vayron bo'lgan Yevropa hayoti to'g'risida guvoh o'laroq hikoya qilib berish uchun harbiy muhbir sifatida Germaniyaga yo'l oldi. Ushbu kitobda uning qirqinchi yillardagi jahon urushi, uning qiymati va oqibatlari to'g'risidagi yorqin va chuqur mulohazalari ilk bor jamlangan.
U 1936-1937 yillarda Ispaniyada frankochilar bilan bo'lgan janglarda qatnashgan paytlaridayoq urush uning radio hamda gazetalardagi chiqishlarining qoq markazida edi. 1944 yilda Oruell oilasi bilan yashayotgan uy nemis bombalari bilan vayron etildi. G'animlardan nafratlanish uchun yozuvchida sabablar ko'p edi. Biroq, o'z publisistik ishlarida u eng avvalo kelajak haqida o'ylaydi va barcha insonlar uchun qonli urushning boshi berk yo'lidan va parokandalikdan chiqish yo'llarini izlaydi. Ushbu kitobga Oruellning 25 ta ishi, jumladan, "Intiqom tufayli qotillik", "Qasos jirkanchdir" kabi mashhur maqolalari va Gitlerning "Mening kurashim" kitobiga yozilgan taqrizi kiritilgan.

