Ingliz va o‘zbek tillarida eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘z va iboralarni o‘z ichiga olgan ushbu o‘quv lug‘atidan umumiy o‘rta taʼlim maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar, shuningdek, ingliz tilini o‘rganayotgan keng kitobxonlar ommasi ham foydalanishlari mumkin. Bu ikki lug‘at o‘rtasidan geografik nomlar va qisqartmalar, kitobning oxiridan esa noto‘g‘ri feʼllar ro‘yxati hamda uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklarining ingliz hamda o‘zbek tillaridagi qiyosiy jadvallari joy olgan.

