Junun vodiysida sargardon kezmoqni sharaf deb bilgan shoir bekatlarda nafas rostlashni-da o‘ziga ep ko‘rmaydi, zero, oshiqlikning , yorga fidolikning sharti shu. Ana shu shartni o‘ziga shior qilgan yosh ijodkor har bir ko‘rganining ko‘rinmagan jihatlarini-da ilg‘aydi, boridan-da teranroq ko‘ra oladi. Ruhiyatning poyonsiz kengliklarida rassom ko‘ngilning ajabtovur chizgilaridan ma’nolar terib, kuyga soladi, soz chaladi. O‘ylaymizki, jimjimadorlikdan yiroq ushbu to‘plam o‘quvchi qalbining tub-tubigacha kirib bora oladi va ilohiy nur taratib, ishqi haqiqatga oshno etadi. Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
ISBN : 9789943545625
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 112
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2018
Nashriyot : Академнашр
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : Jilosiz
Muallif : Jontemir

