Jon Koulman - amerikalik publitsist va Britaniya razvedkasining sobiq xodimi. Jon Koulman 11 ta kitob muallifi. Ulardan eng mashhuri "Qo‘mita 300" bo‘lib, u Rotshildlar sulolasi kabi jahon oligarxik hamjamiyati, shuningdek, yopiq jamiyatlar: Rim klubi, Tavistok instituti va boshqalar faoliyatini 30 yil davomida o‘rganish asosida yozilgan. Ushbu kitobda Koulman dunyoda Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa ba’zi mamlakatlarning elitasi a’zo bo‘lgan ulkan hokimiyatga ega yashirin tashkilot mavjudligini va ularning yagona maqsadi butun dunyoda yagona hokimiyatni o‘rnatish va birlashtirish ekanligini ta’kidlaydi. Koulmanning ta’kidlashicha, o‘z faoliyatini ko‘rsatmaydigan bu odamlarning rejalariga sayyoramiz aholisini bir milliard kishiga qisqartirish kiradi.

