• Jon Grin: Yulduzlar aybdor
- Syujet: Asar saraton kasalligi bilan kurashayotgan 16 yoshli Heyzel Greys haqida. U kasallar uchun tashkil etilgan dalda guruhida Ogastus Uoters ismli yigit bilan tanishib qoladi. Ikki yosh o‘lim xavfi ostida bo‘lsa-da, hayotning mazmuni, muhabbat va taqdir haqida mushohada yuritishadi.
- Maʼnosi: Kitob nomi Shekspirning «Yuliy Sezar» asaridagi «Ayb yulduzlarda (taqdirda) emas, balki o‘zimizda» degan satrga ishora qiladi. Muallif inson taqdirini o‘zgartira olmasa ham, undagi lahzalarni qanday yashashni o‘zi tanlashini ko‘rsatib beradi.
- O‘spirinlik yoshida inson qalbi maʼsumligicha uning uchun beg‘ubor bo‘lgan bir sevgiga talpinadi. Og‘ir xastalikka chalingan asar qahramonlari esa buni ikki karra teran his qilishib hayotini qadrlash, har lahzani shodon o‘tkazish payida bo‘ladilar. Ana shu chin insoniy tuyg‘u o‘quvchini ortidan ergashtiradi, umrining hech qachon ortga qaytmasligini ichkin anglatadi.