Bu moʻjaz to‘plam boshliqlarning hayoti va faoliyati davomida uchraydigan muammolar, shuningdek, ularning yechimlariga doir tajribali lider hisoblangan Jon Baldonining lo‘nda maslahatlarini o‘zida mujassam qilgan. Maslahatlarda amaliy va taktik jihatlar ko‘zda tutilgan. Tajribali yetakchilar bu kitobdan ayrim masalalarga mutlaqo boshqacha yondashish va o‘zlaridagi liderlik xislatlarini yana-da boyitishga undovchi misollarni topishadi. Yoshlar uchun esa bu kitob, eng avvalo, dolzarb va amaliy ahamiyat kasb etadi. Kitobni o‘qing – va rahbarlik qilishda davom eting!

