• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: eco
• Sahifalar 211
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Stiker bonus
• Batafzil o'qing😊
Yuragimiz — tinimsiz mehnatkash. U bir soniya ham to‘xtamasdan urib turadi: o‘rtacha 70 yil davomida deyarli 3 milliard marta uradi. Bularning barchasi biz hayotdan zavqlanib yashashimiz uchun. Evaziga esa yurak deyarli hech narsa so‘ramaydi — faqat uni asrashimizni.
Ammo buni qanday qilish kerak? Eng ko‘p uchraydigan javoblar odatda shunday bo‘ladi: to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, zararli odatlardan voz kechish, stressdan qochish… Afsuski, bu umumiy gaplar shunchalik ko‘p takrorlanganki, biz ularga e’tibor ham bermay qo‘yamiz. Qolaversa, fastfudga bo‘lgan muhabbat yoki bir krujka pivo yurakka qanday zarar yetkazishi mumkin?
Rostdan ham bilishni xohlaysizmi? Unda ushbu kitobni o‘qing. O‘ylab qarasak, biz yurak, uning ishlashi va muammolari haqida juda kam narsa bilamiz. Ana shu bo‘shliqni to‘ldirish uchun kardiolog Yoxannes Xinrix fon Borstel ushbu kitobni yozgan.

