Inglizchadan ona tilimizga o‘girilgan yozuvchi Jojo Moyesning "To seni topgunimcha" romani inson xarakterining rangli bo‘yoqlari aks ettirilgan asar bo‘lsa-da, unda har bir obrazning ichki kechinmalari va yashash madaniyati o‘zgacha talqinda ochib beriladi. 26 yoshli Luiza Klarkning badavlat oilaga oddiy enaga bo‘lib ishga kirishi, u yerda baxtsiz tasodif tufayli ish qobiliyatini yo‘qotgan, hatto hayotdan butunlay umidini uzgan va nogironlik aravachasiga mixlanib qolgan Uill Treynorda qayta yashashga muhabbat uyg‘ota olgan beg‘araz mehnati, eng muhimi, yetti yildan beri gaplashib yurgan beqaror Patrikdan ko‘ngil uzib, majruhni yigitni sevib qolishi rangin bo‘yoqlarda chizib beriladi. Roman kitobxon ahlining aqlu shuurini boyitadi va qizg‘in mushohadalarga chorlaydi.
Jojo Moyes Londonda tug‘ilgan. London universitetini tugallagan. O‘n yil mobaynida "Independent" gazetasida ishladi. 2002 yilda uning ilk romani nashr qilingandan so‘nggina o‘zini to‘liq yozuvchilikka bag‘ishladi. Adiba Romantik- yozuvchilar Assosiatsiyasining "Yilning romantik romani" mukofoti bilan ikki bora tadirlangan kamdan-kam yozuvchilar sirasiga kiradi. Ushbu roman haqida mamlakatning yetakchi gazetalari ijobiy fikrlarni e’lon qilgan. "To seni topgunimcha" romani dunyoning 39 tiliga tarjima qilingan. O‘zbek tilidagi ushbu tarjima esa birinchisi va oxirgisi emas...
ISBN : 9789910838637
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Tarjimon : Vinerova Mushtari Shuhrat qizi
Betlar soni : 448
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : BEST-BOOK
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Jojo Moyes

