JIUJI ELECTRIC Smart Voltage & Current Protector — bu elektr tarmog‘ini kuchlanish beqarorligi va tok ortiqcha yuklanishidan himoya qiluvchi aqlli qurilma. Belgilangan qiymatlardan oshib ketganda yoki pasayganda avtomatik ravishda elektr ta’minotini o‘chiradi va texnikani shikastlanishdan saqlaydi.
Ichki raqamli LED displey real vaqt rejimida kuchlanish (V), tok (A), quvvat (W) va energiya sarfi (kWh) ni ko‘rsatadi.
Wi-Fi moduli va TUYA Smart ilovasi orqali foydalanuvchi elektr tarmog‘ini masofadan turib nazorat qilishi va himoya sozlamalarini o‘zgartirishi mumkin.
Minimal va maksimal kuchlanish hamda ruxsat etilgan tok qiymatlari qo‘lda yoki ilova orqali sozlanadi.
Qurilma DIN-reyka orqali o‘rnatiladi va kvartira, uy, ofis hamda sanoat elektroshkaflari uchun qulay yechim hisoblanadi. Muzlatkich, konditsioner, kir yuvish mashinasi, nasos va boshqa sezgir jihozlarni himoyalash uchun mos.

