Dostoyevskiy ijodi, garchi ziddiyatli bo‘lsa-da, rus va jahon adabiyotiga katta taʼsir ko‘rsatgan. Dostoyevskiy 19-asrdagi realistik roman janrini yangi o‘ziga xos tomonlar bilan boyitdi. Adib to‘laqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimini, insonlar taqdirini, qalb kurashini, balki jamiyat maʼnaviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera oldi. O‘zining intellektual romanlarida fikrlarning keskin kurashini, g‘oya va dunyoqarashning fojiaviy to‘qnashuvini mahorat bilan tasvirladi. Dostoyevskiy romanlari vazmin tasvir uslubi emas, aksincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi va liro-publitsistik pafosi bilan ajraladi.
Hayot menga bir marta beriladi va boshqa hech qachon qaytib kelmaydi: men «umum baxti» qachon kelarkin, deb kutib o‘tirishni istamadim va istamayman. Men o‘zim ham yashashni istayman, bo‘lmasa, yashashning ham keragi yo‘q.
Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik bu – illat. Siz kambag‘alchilikda hali o‘zingizning tug‘ma olijanob fazilatlaringizni saqlab qolgan bo‘lasiz, yo‘qchilikda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola bilmaydi.
Berkitadigan narsasi bo‘lmagan kishilar o‘zlarini baxtli deb bilsalar arziydi.
Boshqalar nima derkin, deb o‘tirish ojizlikning birinchi belgisidir!
…omad kelmagandan keyin hamma narsa bemaʼni bo‘lib ko‘rinadi!
Tabiat qonunlariga ko‘ra, odamlar umuman ikki toifaga bo‘linadilar: past toifa (odmi odamlar), o‘ziga o‘xshaganlarni urchitishdan boshqa narsaga yaramaydilar, ular urchish materialidirlar va ikkinchisi, odam deb sanasa arziydigan va hayotda, o‘z muhitida yangilik, yangi so‘z barpo qilish iqtidoriga, qudratiga ega bo‘lganlar (favqulodda). Birinchi toifadagilar – bugungi kunning sohiblari, ikkinchidagilar esa kelajakning egalaridir. Birinchilar dunyoni eminlikda saqlab turadilar, moddiy borliqni miqdoran ko‘paytiradilar, ikkinchilar esa dunyoni harakatga keltiradilar va uni maqsad sari olib boradilar.

