📌 Kitob nomi: Jinoyat va jazo
📌 Muallif: Fyodor Dostoevskiy
📌 Til: O‘zbek
📌 Yozuv: Lotincha
📌 Muqova: Yumshoq
📌 Sahifalar soni: 768
📌 Qisqacha mazmun:
Asar 1866-yilda yozilgan. Ammo inson kechinmalarining eski va yangisi boʻlmaganidek, roman qadri ham eskirmagan. Kitob oʻzbek tilida bundan avval 1977-yilda chop etilgan. “Kambagʻallik ayb emas, biroq yoʻqchilik illat. Birinchisida inson tugʻma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yoʻqchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi”, asardagi personajlaridan biri bosh qahramonga bu gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning sobiq talabasi boʻlgan Raskolnikov esa bu gapdan tegishli xulosa chiqara olmaydi. Natijada, yoʻqchilikdan qutulish, tezda boyib ketish va yuqori mavqega ega boʻlish maqsadida aql bovar qilmaydigan jinoyat sodir qiladi. Fojiali jihati qahramon oʻz jinoyatini oqlaydi. Ammo hayot qonunlari adolatli - jinoyatni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Ruhiy jazo jinoyatchini oʻz aybiga iqror boʻlishga majbur etadi. Romanda shu mudhish qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga goʻzal muhabbat tasviri ham borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbishga keltiradi.
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

