Asar 1866 yilda yozilgan. Ammo insoniyat tajribasi eski ham, yangi ham bo‘lmaganidek, romanning qadri ham eskirgan emas. Kitob avval o‘zbek tilida 1977 yilda nashr etilgan. Asarni qariyb 40 yildan so‘ng qayta nashr etishimizdan maqsad o‘z davrida mashhur bo‘lgan asar – talabalik hayoti haqidagi fojiali drama bilan bugungi kitobxonlarni tanishtirishdir. “Qashshoqlik gunoh emas, sarsonlik illatdir”. “Birinchisida, inson o‘zining tug‘ma olijanob fazilatlarini saqlab qolishi mumkin, ammo qashshoqlikda ularni hech kim aslo saqlay olmaydi”, deb asar qahramonlaridan biri real hayotdan misollar yordamida bosh qahramonga tushuntiradi. Universitetning sobiq talabasi Raskolnikov bu bayonotdan tegishli xulosalar chiqara olmaydi. Oqibatda qashshoqlikdan qutulish, tez boyib ketish, yuqori mansabga erishish maqsadida aqlga sig‘maydigan jinoyatga qo‘l uradi. Fojia shundaki, qahramon o‘z jinoyatini oqlaydi. Ammo hayot qonunlari adolatli - ular jinoyatni jazosiz qoldirmaydi. Ruhiy jazo jinoyatchini o'z aybini tan olishga majbur qiladi. Romanda bu dahshatli qotillikning davom etayotgan iztiroblari bilan bir qatorda o‘quvchi qalbini larzaga soladigan sevgining go‘zal tasviri ham mavjud.

