Nashr uchun mas’ul: Sayfiddin Sayfulloh
Nashriyot: «Matbaachi» nashriyoti
Sana: 2022 yil
Hajmi: 188 bet
O‘lchami: 84×108 1/32
Muqovasi: qattiq
Darhaqiqat, Qur’oni karimdagi Kofirun, Ixlos, Falaq va Nos suralari «Qul» kalimasi bilan boshlanadi. Shuning uchun ham ko‘pgina kishilar bu suralarni qisqacha «Chor Qul» deb atashadi. «Qul» kalimasi arab tilida «Ayt» degan ma’noni bildiradi. Ya’ni, Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga har suraning birinchi oyati boshida: «(Ey Muhammad), ayt», deya xitob qiladi.
Ushbu kitobda ana shu suralarning nozil qilinish tarixi, nozil bo‘lgan joylari, ma’nolari, nozil bo‘lish sabablari, tafsirlari va fazilatlari haqida imkon qadar hadislar hamda rivoyatlar jamlangan. Kitob siz aziz kitobxonlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

