Inson hayotida uning o‘zi kutmagan hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Baxt bilan baxtsizlik, omad bilan omadsizliklar doimo yonma yon. Shuning uchun ham inson har qanday ehtimoliy holatlarning bir bo‘lagi ekanligini aslo unutmasligi lozim. Hayot qanday oqimlar tomon boshlamasin, inson yashashda davom etaveradi. Yashashda davom etarkan, umrni bezaydigan asl tuyg‘ularni boy bermaslikka intilishi kerak.
Qo‘lingizdagi kitob sizni hayotning har qanday mukofoti bilan yuzma-yuz kelish, haqiqatlarni tan olib yashashga o‘rgatadi.

