«Hatto o‘ylab ham ko‘rma! Hali vaqti emas! Hech narsa chiqmaydi! Sening qo‘lingdan kelmaydi! Uddalay olmaysan!»
Bu kabi fikrlar — qo‘rquvlarimizning ovozi. Ular bizni haqiqiy hayotda yashashga, imkoniyatlardan foydalanishga va oldinga qadam tashlashga xalaqit beradi.
Taniqli biznes-murabbiy va motivatsion spiker Jim Louless bunday qo‘rquvlarni “yo‘lbarslar” deb ataydi. U qo‘rquvni yengishga yordam beradigan aniq qoidalar tizimini ishlab chiqqan va ularni o‘z hayotida amalda sinab ko‘rgan.
Loulessning 10 ta qoidasi hayotingizda muhim qarorlar qabul qilishda, qiyin paytlarda va o‘zingizga ishonchni yo‘qotgan damlarda beqiyos yordam beradi. Ushbu qoidalar sizga quyidagilarni o‘rgatadi:
— nufuzli insonlardan yordam so‘rab murojaat qilishni;
— sizga salbiy munosabatda bo‘lgan odamlar bilan ham muloqot o‘rnatishni;
— o‘z ishingizga aqlli va iste’dodli professionallarni jalb qilishni;
— jamoat oldidagi muvaffaqiyatsizlik yoki moliyaviy yo‘qotishlardan qo‘rqmaslikni;
— eng qiyin vaziyatlarda ham motivatsiyani saqlab qolishni.
Aynan shu o‘nta qoida tufayli Jim Louless o‘z “yo‘lbarslar”ini bo‘ysundirdi. U akvalangsiz suv tubiga sho‘ng‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatdi, qisqa muddat ichida jokey kasbini egalladi va Yevropaning eng mashhur kouchlaridan biriga aylandi. Uning mijozlari orasida Apple, British Telecom, Barclays Bank hamda Angliyaning milliy sog‘liqni saqlash xizmati mavjud.
Bu kitob ruhlantiradi, ilhom bag‘ishlaydi va harakatga chorlaydi.
ISBN : 978-9910-8386-1-3
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 464
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : BEST-BOOK
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq

