• Kuchli immun himoya - Echinacea purpurea, A, C, D vitaminlari va sink kombinatsiyasi orqali immunitet tizimini kompleks qo‘llab-quvvatlaydi.
• Virus va bakteriyalarga qarshi ta’sir - Echinacea organizmning tabiiy himoya kuchlarini faollashtirib, virusli infeksiyalar xavfini kamaytiradi.
• Yallig‘lanishga qarshi effekt - Tana ichidagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi, shamollash va surunkali yallig‘lanish kasalliklarida yordam beradi.
• Hujayralarni antioksidant himoyasi - Vitamin C, A, pantoten kislotasi va sink erkin radikallarni neytrallab, hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qiladi.
• Kasallik va stressdan so‘ng tiklanishni tezlashtirish - Organizmning chidamliligini oshiradi, kasallikdan keyingi tiklanish jarayonini tezlashtiradi.
• Nafas yo‘llari shilliq pardalarini himoya qilish - A, C va D vitaminlari nafas yo‘llari shilliq pardalarini mustahkamlab, virus va bakteriyalardan himoya qiladi.
• Moddalar almashinuvi jarayonlarini yaxshilash - Pantoten kislotasi va B guruhi vitaminlari moddalar almashinuvi va oziq moddalarining so‘rilishini faollashtiradi.
To‘q qizil ekinatsiya (Echinacea purpurea) ekstrakti — immunitetni mustahkamlash va turli infeksiyalarga qarshi kurashishda samarali dorivor o‘simlik. Uning shifobaxsh xususiyatlari gullari, barglari va ildizlarida jamlangan.
Ekinatsiyaning asosiy ta'sirlari:
Vitamin C (Askorbin kislotasi) — organizmda kollagen, steroid gormonlar va neyrotransmitterlar sintezida ishtirok etadi, temirning so‘rilishini yaxshilaydi, immunitet tizimini kuchaytiradi va qon tomirlar devorini mustahkamlaydi.
Vitamin B9 (Foliy kislotasi) — qon hosil bo‘lish jarayonlari va immunitet tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Vitamin B12 — yog‘lar va oqsillardan energiya ishlab chiqarishda, asab tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etadi.
Vitamin B6 (Piridoksin gidroxloridi) — organizmdagi ko‘plab biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi, asab tizimi va immunitetga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Vitamin A — organizmning infeksiyalarga qarshiligini oshiradi va qondagi glyukoza miqdorini nazorat qilishda yordam beradi.
Vitamin D3 — kaltsiy va fosfor almashinuvini tartibga soladi, suyak va tishlarning mustahkamligini ta’minlaydi hamda immunitet tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Pantoten kislotasi — oziq-ovqatdan ozuqaviy moddalarni so‘rilishini yaxshilaydi, antioksidant xususiyatlarga ega.
Sink — uglevod almashinuvida ishtirok etadi, A vitamini so‘rilishini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlash va reproduktiv tizim faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Biologik faol qo‘shimcha dori vositasi hisoblanmaydi.
Preparatni bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda, +20°C dan +25°C gacha haroratda saqlash lozim. Yaroqlilik muddati — 2 yil.

