Zamonaviy adabiyotda hali-hamon turli tajribalar davom etmoqda, o'quvchilarga xilma-xil yo'nalishlar va uslublardagi asarlar taqdim qilinmoqda. Shveysariyalik taniqli yozuvchi Jianna Molinarining ushbu kitobi ham ana shunday izlanishlar hosilasi hisoblanadi. Kitobxon asarni o'qib, o'zi uchun yangidan yangi olamlarni kashf etadi, asarning original uslubi va syujetidan hayratga tushadi. Yozuvchi birorta so'zni behuda ishlatmaydi, har bir so'z, kerak bo'lsa har bir harf ostida o'ziga xos ramz yashiringan. Kitob adabiyot muxlislariga haqiqiy sovg'a bo'ladi degan umiddamiz.

