Ushbu kitob HSK (Xitoy tili darajasi imtihoni) uchun mo'ljallangan darsliklar to'plamining beshinchi qismidir. Darslikda oldingi to'rt daraja darslik konsepsiyasi va rejasi davom ettirildi, murakkablashtirilib, mazmunan kengaytiiriladi. Har bir mavzuda grammatik birliklar taqqoslash orqali tahlil qilinadi, lug'atni boyitish qismi hamda insho yozish qismlari qo'shildi. HSK imtixoni beshinchi darajasi talablariga mos bo'lib, o'quvchilarni imtixonga puxta tayyorlaydi.
Kitobning asosiy maqsadi o'quvchilarning xitoy tilida gapirish, yozish, o'qish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Darslikda turli mashqlar va amaliyotlar, jumladan, rasm asosida savol-javob mashqlari, juftlikda ishlash va kichik guruhlarda muhokamalar kiritilgan.
Shuningdek, kitob xitoy madaniyati bilan tanishtiruvchi qiziqarli ma'lumotlar va mavzularni ham o'z ichiga oldi. Har bir dars mavzusi bo'yicha yangi so'zlar, grammatika tushunchalari va ularning qo'llanilishi haqida batafsil izohlar berilgan.
Kitob xitoy tilini o'rganuvchilar uchun juda foydali bo'lib, ularga tilni tez va samarali o'rganish imkonini beradi.

