Jek Londonning ushbu asari orqali AQSHda oligarxiyaning kuchayishi, xalqning ezilishi va tenglik orzularining “Temir tovon” ostida bostirishiga guvoh boʻlasiz.
Bu zulm va qarshilik, umid va magʻlubiyat, insoniyat kelajagi va siyosiy kurash haqida yozilgan dahshatli bashoratdir. Muallif asarda oʻzining eng keskin sotsialistik qarashlarini ochiq ifoda etadi, jamiyatning qorongʻi kelajagini goʻyo oldindan koʻrgandek tasvirlaydi.
Bugun ham dunyo boʻylab kuch, zulm va tengsizlik dolzarbligini yoʻqotmagan bir davrda “Temir tovon” oʻquvchini oʻylashga, oʻz zamonasi bilan solishtirishga chorlaydi…

