JBL Tune 720BT — bu qulaylik, texnologiya va mukammal ovozni birlashtirgan ariginal simsiz naushnik. JBL Pure Bass Sound texnologiyasi sizni chuqur va kuchli bass bilan haqiqiy musiqiy tajribaga olib kiradi.
Naushnikning ergonomik, yengil va katlanadigan dizayni sizga uzoq vaqt davomida qulay tinglash imkonini beradi. Ishda, o‘qishda, sayohatda yoki dam olishda — JBL 720BT sizning eng sodiq hamrohingiz bo‘ladi.
Naushnik 76 soatgacha uzluksiz musiqa tinglash imkonini beradi.
Atigi 5 daqiqa zaryad bilan 3 soatgacha ishlash funksiyasi esa sizni har doim tayyor holatda ushlab turadi.
Bu imkoniyatlar bilan JBL Tune 720BT uzoq safarlar, mashg‘ulotlar yoki ish kunlari uchun ideal tanlovdir.
Yumshoq earpadlar va moslashuvchan bosh qismi tufayli bu model uzoq foydalanganda ham noqulaylik tug‘dirmaydi. Katlanadigan konstruktsiya esa uni har joyda olib yurishni osonlashtiradi.
Minimalist ko‘rinish, JBL logotipi va sifatli materiallar bu modelga zamonaviy ko‘rinish beradi.




