«Jazosiz tarbiya» — mashhur turk muallifi Adem Gyuneshning bolalarni zamonaviy va ongli tarbiyalashga bag‘ishlangan kitobi. Kitobda bolaning his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlarini tushunish, ishonchli munosabatlarni shakllantirish hamda doimiy jazo va bosimsiz tarbiya berish haqida so‘z yuritiladi.
Farzandini yaxshiroq tushunishni va oilada tinch, mehribon hamda hurmatga asoslangan muhit yaratishni istagan ota-onalar uchun foydali kitob. 📚

