• Yumshoq muqova, 158 sahifa
Iste'dodli yozuvchi Mirkarim Osim qalamiga mansub bo'lgan asar " Jayhun ustida bulutlar" asaridir. Ushbu asar tarixiy qissa janrida yozilgan va u Beruniy haqidadir.
Mirkarim Osim (1907 - 1984) O‘zbek adabiyotida afsonalar asosida badiiy asarlar yaratgan adib. 1907 yilda Toshkentda ziyoli oilasida tug‘ilgan. U dastlab eski makdabda, keyinchalik "Shams ul-urfon" nomli boshlang‘ich maktabda, 1921 - 1924 yillarda esa Navoiy nomidagi Respublika bilim yurtida tahsil ko‘radi. Adib "O‘tror", "To‘maris", "Shiroq", "Temur Malik", "Mahmud Tarobiy", "Aleksandr va Spitamen", "Mohlaroyim va Honposhsha", "Karvon qo‘ng‘irog‘i", "Elchilar", "Zulmat ichra nur", "Jayhun ustida bulutlar", "Ibn Sino qissasi", "Aljabrning tug‘ilishi", "Singan setor", Alisher Navoiy haqida hikoya qiluvchi "Astrobod", "Alisher Navoiy va Darvishali", "Badarg‘a", "Navoiyning xislatlari", "Ulug‘bek va Navoiy" kabi hikoya va qissalar ham yozgan. Asarlari tarixchi olim va adiblarimiz uchun asosiy manba vazifasini o‘tagan.

