«Jahon mamlakatlari» deb atalgan ushbu maʼlumotnomada dunyoning 222 ta mamlakati to‘g‘risida maʼlumotlar to‘plangan. Har bir mamlakat to‘g‘risidagi maʼlumotlar uning rasmiy nomi, poytaxti, xududi, axolisi, tili, dini, pul birligi kabilar bilan boshlanadi. Geografik joylashuvi va tabiati, davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari, iqtisodi, transport kommunikatsiyalari tarixiga kengrok o‘rin berilgan. Mamlakatlar xakidagi fakat rasmiy, siyosiy maʼlumotlar bilan cheklanib kolmasdan, balki o‘quvchi uchun qiziqarli maʼlumotlarni xam berishga harakat qilindi. ayniqsa, mamlakatlar tabiati va tarixini yoritishda ham katta eʼtibor qaratilgan.
Barcha davlatlar haqidagi maʼlumotlar bir xil tuzilishga ega, biroq ayrim yiriklari (masalan, Rossiya, AQSH, Xitoy)ga kengroq o‘rin berilgan. Kitobda mustaqil davlatlar bilan bir katorda, «dengizorti departamenti», «dengizorti xududi», “mulki” maqomiga ega mamlakatlar to‘g‘risida ham maʼlumotlar jamlangan.

