Jasmin ko‘k choyi — Xitoyning an’anaviy xushbo‘y choylaridan biri bo‘lib, sifatli yashil choy barglari va tabiiy yasmin gullarining uyg‘unligidan tayyorlanadi. Choy barglari yasmin gullari bilan bir necha marotaba xushbo‘y qilinib, gulning nafis va yoqimli aromasi choyga singdiriladi.
Damlanganda choy yengil oltin-yashil rang hosil qiladi. Ta’mi mayin, tetiklantiruvchi va biroz tabiiy shirinlikka ega. Yasminning nozik gulli ifori esa choyga o‘ziga xos nafislik beradi.
Ta’mida: yashil choyning mayinligi, yasmin gulining xushbo‘yligi va yengil shirin-gulli notalar seziladi.
Jasminli ko‘k choyni issiq holda ham, sovutilgan holda ham ichish mumkin. Yengil va yoqimli ta’mi sababli kun davomida ichish uchun yaxshi tanlov.

