"Jannatim boʻlgaymisiz?” — oilaviy hayot, muhabbat va sadoqat haqidagi samimiy suhbatlar toʻplamidir. Asarda er-xotin munosabatlaridagi ruhiy yaqinlik, oʻzaro hurmat va tushunish kabi muhim masalalari yoritiladi.
Kitob oila qurish arafasida turganlar uchun ham, allaqachon oila qurganlar uchun ham foydali boʻla oladi. Asardagi fikrlar oʻquvchini oʻz hayotiga qayta nazar tashlashga, uyda sakinat va muhabbat muhitini yaratishga undaydi degan umiddamiz.

