"Eng yaxshi juft — sizni jannatga yetaklaydigan juftdir..."
G'iyosiddin Yusuf qalamiga mansub, o'quvchilar qalbidan chuqur joy olgan "Jannatda ham birga bo'laylik" kitobi oila poydevorini iymon va muhabbat bilan qurishni istaganlar uchun ajoyib qo'llanmadir. Ushbu asar er-xotin munosabatlarini faqatgina bu dunyo bilan cheklab qo'ymay, balki abadiy saodat maskani bo'lmish jannatda ham davom ettirish sirlarini o'rgatadi. Oilaviy hayot yo'lidagi qiyinchiliklarni birgalikda, go'zal sabr va islomiy odob bilan yengib o'tish hikmatlarini ochib beradi.

