• Qattiq muqova
• 269 bet
Jannat sayyidalari Ushbu asar islom tarixidagi eng ulug‘ ayollar, ya’ni jannat bashorati berilgan hamda butun olam ayollari uchun namuna bo‘lgan ayollar hayoti va fazilatlariga bag‘ishlangan. Matn to‘liqligicha Qur’on oyatlari va sahih hadislar asosida yozilgan bo‘lib, u mo‘minalar uchun ma’naviy yo‘lboshchi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday diniy kitoblar har bir oilada bo‘lishi foydalidir.
Jannat sayyidalari deb nomlangan ushbu kitobda Hazrati Hadicha, Hazrati Fotima, Hazrati Oisha va Hazrati Maryam kabi buyuk ayollarning hayot yo‘llari, ularning sabr-toqati va iymon yo‘lidagi xizmatlari bayon etiladi. Kitob o‘quvchini bu go‘zal hayot namunalaridan xulosa chiqarishga undaydi. Kitoblar diniy merosimizning ajralmas qismi bo‘lib, qalbni iymon nuri bilan to‘ldiradi.
Hozirgi kunda kitob do‘konlarida turli kitoblar mavjud bo‘lsa-da, aynan Qur’on va hadisga tayanib yozilgan manbalar eng ishonchlisidir. Ushbu asar ham shunday ishonchli diniy kitoblar sirasiga kiradi. Kitoblar insonning dunyoqarashini kengaytirib, ma’naviy dunyosini boyitadi. Ayniqsa, dinniy kitob sifatida taqdim etilayotgan ushbu manba xotin-qizlarimiz uchun eng go‘zal tuhfadir.
Yaqinlaringizga sovg‘a qilish uchun dinniy kitoblar qidirayotgan bo‘lsangiz, ushbu asar ayni muddaodir. Bu kitob nafaqat tarixiy ma’lumotlarni, balki kundalik hayotda amal qilinishi kerak bo‘lgan axloqiy me’yorlarni ham o‘z ichiga oladi. Islom ma’rifatini o‘rganuvchilar uchun ushbu dinniy kitob yuksak qiymatga ega.

