«Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar» — Hasson Shamsiy Poshoning oila davrasida mutolaa qilish uchun yozilgan kitobi. Asarda Qur’oni karim, hadisi shariflar va solih zotlar hayotidan olingan ibratlar orqali axloq va qadriyatlar yoritiladi.
Kitob kundalik turmushdagi savollar, oilaviy munosabatlar va ma’naviy tarbiya haqida birgalikda fikrlashga undaydi. Oila davrasida o‘qish va mazmunini suhbat orqali muhokama qilishni istagan kitobxonlarga mos.

