Ushbu kitobda Jannat, uning ne’matlari, mo‘minlarga beriladigan ulug‘ darajotlar, ne’matlar ustiga ato qilinadigan ne’matlar, do‘zaxiylarga qilinadigan muomala, ularga
beriladigan azoblar haqida zikr qilingan.
Tiriklikdayoq Jannat mujdasini olgan saodatmand zotlar,
Jannat bashorati berilgan ayollar bilan tanishasiz hamda
Jannat amallari, Do‘zaxdan saqlanishga sabab bo‘luvchi solix
amallar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

