Nafis dag‘allik
Qashqadaryolik shoirlar orasida har tur-toifa bor. Ular uslub va mahorat, ruhiy va lirik holati jihatidan bir-biridan butkul farq qiladi.
Jaloliddin Sayid she'rlari tog‘ va sahro orasidagi adirda yonboshlab yozilgandek. Bir tomondan tog‘ning salqini ufursa, bir tomondan dashtning garmseli esib qoladi. Ba'zan ular bir-biri bilan chiqisholmay qoladi.
U — shu ikki shamolning shoiri. "Huqqaboz"ning varaqlaridag‘ ham sahro va tog‘ shamollari esib turadi: nafis va dag‘al. Shu ikki sifat orasida yaraladi u she'rlar.
Ishonmasangiz, o‘qib ko‘ring.

