Muallif: Jaloliddin Rumiy
Til: O'zbekcha
Yozuv:Kirillcha
Betlar soni:272
Nashriyot: Yangi asr avlodi
Muqovasi: yumshoq
Kitob turi: chop etilgan kitob
Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali o‘zligini, o‘zligi orqali Haqni — Yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham «Ichindagi ichindadur»ga bir marta oshno bo‘lgan ko‘zi ochiq insonki bor, umrbod undan ayrilmasam, deydi. Chunki asar, avvalo, o‘sha inson haqida — siz haqingizda, men haqimda, umuman, hammamiz haqimizda. Bizning o‘zligimizni bilishimiz haqida. Axir olamda bundan qiziqarliroq, bundan muhimroq yana nima bor? Mashoyixlar «O‘zini bilgan avliyo bo‘ladi» deya bejiz aytishmagan. Hazratning o‘zi shunday deydi: «Rivoyat qiladilarki, bir podshoh o‘g‘lini hunarmandlar to‘piga qo‘shib qo‘yibdi. Ular bolaga turli bilimlardan, jumladan, ilmu nujumdan dars berishibdi. Shoh o‘g‘li butunlay ahmoq bo‘lgani holda o‘ziga o‘rgatilgan narsalarni puxta egallab olibdi. Kunlardan bir kun podshoh uni imtihon qilmoq uchun hovuchiga uzugini berkitib, o‘g‘liga «Bunda ne bor?» debdi. Bola «Qo‘lingdagi dumaloq, sariq va ichi bo‘sh narsadir» degach, hukmdor hayratda qolib «Alomatlarini to‘g‘ri aytding, ismini ayt» deb buyuribdi. O‘g‘il «G‘alvir bo‘lsa kerak» deb javob beradi. Podshoh «Olgan tahsiling sharofati bilan meni hayron etib alomat — belgilarni aniq ayting-u, ammo g‘alvirning hovuchga sig‘masligiga qanday qilib farosating yetmadi?» dedi afsus chekib.

