Tovar tavsifi:
Mazkur kitob jajji bolajonlarimizga bilimning ilk kaliti — alifbeni ularning yoshiga, qiziqish doirasiga mos ravishda oʻrgatishni maqsad qilgan. Har bir harfga mos rangli suratlar dilbandlarimizning alifbeni tezroq oʻrganishlari va yodda saqlashlari uchun yaqindan yordam beradi. Harflar oʻrganib boʻlingach, boʻgʻinlab oʻqish uchun ertaklar hamda savol va topshiriqlar jamlangan.
Kitob boshlangʻich sinf oʻquvchilari, bogʻcha tarbiyachilari, qolaversa, har bir ota-ona uchun yordamchi qoʻllanma boʻlib qoladi, degan umiddamiz. A. Najmiddinov qalamiga mansub, 2022-yilda "BEST-BOOK" nashriyotida chop etilgan 116 sahifali ushbu o'quv qo'llanma farzandingiz ta'limi uchun foydali sovg'a bo'ladi.
Tovar xususiyatlari:
Kitob nomi: Jajji alifbe: boʻgʻinlab oʻqish uchun ertaklar va husnixat
Muallif: A. Najmiddinov
Nashriyot: "BEST-BOOK" nashriyoti
Nashr yili: 2022
Sahifalar soni: 116 bet
Format / Bichim: 84/108 1/16, ofset bosma, "Times" garniturasi
Adad: 5000 nusxa
ISBN: 978-9943-8604-3-8
UOʻK / KBK: UOʻK: 373.2.016: 003.081, KBK: 74.10 N 17
Til: O'zbek tili
Yosh cheklovi: 3+ (Maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O'zbekiston


