«Jahon tarixidan universal qo‘llanma» jahon tarixini tizimli ravishda o‘rganish va takrorlashga yordam beruvchi amaliy qo‘llanmadir. Unda turli davrlardagi muhim tarixiy voqealar, davlatlar, xalqlar, tarixiy shaxslar va dunyo tarixidagi muhim jarayonlar haqida ma’lumotlar jamlangan.
Qo‘llanma o‘quvchilarga tarixiy voqealarni ketma-ketlikda tushunish, muhim ma’lumotlarni eslab qolish va o‘z bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi. Tuzilishi mustaqil tayyorgarlik ko‘rish, mavzularni takrorlash va test hamda imtihonlarga tayyorlanish uchun qulay.
Kitob yuqori sinf o‘quvchilari, abituriyentlar, talabalar va tarix fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darsliklarga qo‘shimcha manba sifatida foydalanish mumkin.

