Xalq ma’naviyatini boyitish yo‘lidagi kurash, xalq tafakkurini yuksaltirishda milliy matbuot, adabiyot va teatrning ahamiyati haqida yozgan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy. Ularning o‘z asarlarida ko‘targan muammolari hali ham oldimizda turibdi. “Millatni uyg‘otish uyg‘onganlarning burchidir” degan chaqiriqlarga hali ham yetarlicha munosabat bildirganimiz yo‘q.

