• Privod: Ichki Direct Drive servomotor
• Tezligi: 5500 chok/min gacha
• Materiallar: Trikotaj va elastik matolar
• Model: Jack W4-01/02/03
• Mashina turi: Sanoat raspashivalka
• Chok turi: Yassi chok
• Ignalar soni: 3 gacha
• Iplar soni: 5 gacha
• Xususiyatlari: Differensial, LED yoritish, avtomatik moylash
• Variantlari: 01 kanalli, 02 beykali, 03 2 in 1
Jack W4-01/02/03 — trikotaj va elastik matolar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan sanoat raspashivalka / rashma tikuv mashinasi. Model futbolka, sport kiyimi, bolalar kiyimi, ichki kiyim, trikotaj mahsulotlar va elastik matolarda tekis, chiroyli va cho‘ziluvchan yassi chok hosil qilish uchun mos.
Mashina 3 igna va 5 ipli tizimda ishlaydi. Bu chokni mustahkam, silliq va professional ko‘rinishda chiqarishga yordam beradi. Differensial uzatma matoni barqaror tortadi, trikotajning cho‘zilib ketishi yoki to‘lqinlanishini kamaytiradi.
Jack W4 seriyasi Direct Drive servo motor, LED yoritish, avtomatik moylash tizimi va qulay boshqaruv bilan jihozlangan. Motor mashinaning jim, tejamkor va barqaror ishlashiga yordam beradi. LED yoritish ish zonasini yaxshi ko‘rsatadi, avtomatik moylash esa mexanizmlarning xizmat muddatini uzaytiradi.
Variantlari:
W4-D-01 — kanalli / standart raspashivalka. Futbolka, trikotaj kiyim va oddiy yassi chok ishlari uchun mos.
W4-D-02 — beykali raspashivalka. Yoqa, yeng, chet qismi va trikotaj mahsulotlarni beyka bilan ishlov berish uchun qulay.
W4-D-03 — 2 in 1 variant. Kanalli raspashivalka va beyka bilan ishlash imkoniyatiga ega, qo‘shimcha moslamalar bilan komplektlanadi.
Jack W4-01/02/03 atelye, tikuv ustaxonasi, trikotaj ishlab chiqarish va professional uy sharoitida ishlatish uchun mos. 3 xil variant xaridorga o‘z ish turiga qarab kerakli modelni tanlash imkonini beradi.
Texnik xususiyatlari:
Model: Jack W4-01/02/03
Turi: sanoat raspashivalka / rashma tikuv mashinasi
Chok turi: yassi chok
Ignalar soni: 3 tagacha
Iplar soni: 5 tagacha
Tikuv tezligi: 5500 chok/min gacha
Dvigatel: Direct Drive servo motor
Yoritish: LED
Uzatma: differensial uzatma
Moylash tizimi: avtomatik
Materiallar: trikotaj, elastik matolar, yengil va o‘rta matolar
Variantlar: 01 kanalli, 02 beykali, 03 2 in 1
Kafolat: 36 oy

