«Izadora Mun. Suvosti mehmonxonasi» — pari va vampir oilasida ulg‘ayayotgan g‘ayrioddiy qizaloq Izadoraning navbatdagi sarguzashtlari haqida qiziqarli hikoya. Izadora rasm chizish tanlovida g‘olib bo‘lib, oilasi bilan dengiz bo‘yiga sayohat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Uni samolyotdagi ilk parvoz, dengiz, plyaj va yangi taassurotlar kutmoqda.
Ta’til vaqtida Izadora suv parisi Marina bilan uchrashadi. Marina dengizning ifloslanganidan xavotirda bo‘ladi. Bundan tashqari, ular to‘rga o‘ralib qolgan kichkina toshbaqani topishadi. Izadora do‘stiga yordam berishga, toshbaqani qutqarishga va dengizni yanada toza qilishga qaror qiladi.
Asarda sehrli voqealar bilan birga do‘stlik, mehribonlik, jasorat va tabiatga g‘amxo‘rlik qilish kabi mavzular yoritiladi. Qiziqarli syujet va rang-barang rasmlar bolani kitob o‘qishga qiziqtiradi hamda Izodoraning sarguzashtlarini yanada maroqli qiladi.

