“Menga ustozim, unga esa ustozi, unga ham ustozi... shunday rivoyat qildi...”
Bir talabaning Samarqanddan boshlanib, Buxoro, Marv, Basra, Ray, Makka, Madina va boshqa ilm markazlariga qilingan, goh farog‘at, goh mashaqqat ichra o‘tgan ilmiy safari, bularning barchasining yagona guvohi sifatida yozilgan risola hajmidagi kundaligi.
Umr, kechinma, ilm... Bari o‘tkinchi, bitiklar boqiydir.
Asarda muallif “voqelikdan rivoyatlarga” ko‘chgan postmodern hikoyani e’tiboringizga havola qilmoqda. Gohida ismsiz asar qahramonining bir kuniga va turmush tarziga, goho yosh ilm tolibining nigohlaridan hadis halqalariga, dars o‘tish usullariga, o‘sha davr olimlariga, jamiyatning turli qatlamlarining o‘zaro munosabatlariga guvoh bo‘lamiz. Ba’zan esa risolaning poyonsiz sarguzashtlariga hamrohlik qilamiz.
Ilmiy va badiiy uslublarni o‘z ichiga olgan ushbu asar faqat hadis tarixiga qiziquvchilar uchun emas, islomiy ilmlar va o‘rta asr islom madaniyati tarixiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchiga o‘sha davr muhitini his qilishga imkon beradi.
Kitob nomi: Iz
Kitob muallifi: Muhammad Anas Toʻpgul
Kitob tarjimoni: Muhriddin Muhammad Amin
Kitob janri: Badiiy-tarixiy
Turkum: Roman
Yosh chegarasi:
Betlar soni: 207
Tili: Oʻzbek
Alifbosi: Lotin
Muqovasi: Yumshoq
Kitob formati: A5
Kitob o‘lchamlari:
bo‘yi: 21 sm
eni: 13.5 sm
qalinligi: 1.2 sm
Nashrga tayyorladi: Nasim Kutub
Nashr qilingan yili: 2023
Chop etildi: Matsis Matbaa bosmaxonasi

