Muhtaram kitobxon!
Siz o‘n sakkiz ming olam
sinoati, tiriklik mohiyati,
umuman, borliq haqida ilohiy va dunyoviy
ilmlardan ishonchli manba asosida ma’lumot
olishni istaysizmi?!
Marhamat, qo‘lingizdagi ushbu mo‘jaz risola
sizga bu borada xolis yordam beradi.
Hujjatli Islom nomi bilan ulug‘langan
Imom G‘azzoliyning “Kitobga muhtoj bo‘lgan
ilm ilm emas! Ilm har doim qalbda bo‘lishi
kerak" degan fikrlari ayni mana shu kitobida
yana bir bora amaliy isbotini topgan.
Ushbu asarini o‘qigan har bir inson mutashobih
oyatlar va so‘zlarni qo‘llash, ularni tafsir va
tabdil qilish, bu boradagi savollarga qanday
javob qaytarish kabi bir qator zaruriy
dasturulamalga ega bo‘ladi.
Mehnat bizdan, muvaffaqiyat esa
Allohdandir. U zotga hamdlar,
Rasuli Muhammad (s.a.v.)ga cheksiz duru
salovatlar bo‘lsin.

