Inson hayotida turli qiyinchiliklar, tashvishlar va umidsizlik holatlari uchraydi. Bunday vaziyatlarda iymon, sabr va tavakkulning o‘rni qanday?
“Iymon va huzun” — insonning ruhiy kechinmalari, hayot sinovlari va ma’naviy xotirjamligi haqida fikr yuritishga undovchi diniy-ma’rifiy asar.
Muallif kitobda tushkunlik, umidsizlik, asabiylik va beqarorlik mavzularini tahlil qiladi. Iymon, sabr, tavakkul, duo va ibodatning inson hayotidagi ahamiyati haqida mulohazalar bildiradi.
Asarda hayotiy hikoyalar, savollar va hikmatli fikrlar orqali kitobxon o‘z hayoti hamda ma’naviy qadriyatlari haqida tafakkur yuritishga chorlanadi.
Kitob haqida ma’lumotlar:

