Inson hayoti davomida ko‘plab sinov-imtihonlarga duch keladi. Ularni sabr va sabot bilan yengib o‘tish iymonning taqozosidir. Unutmaylik, iymonimizda tushkun bo‘lsak, hayotimiz ham tushkun kechadi.
Ushbu kitobda asrimizning eng jiddiy muammolari bo‘lmish tushkunlik, umidsizlik, asabiylik, beqarorlik xususida jiddiy mulohazalar bayon qilingan. Tushkun insonlar iymonsiz emas, albatta. Lekin tutganimiz iymon shoxi bizni hayot tashvishlaridan chiqarolmasa, u shoxni qanday tutganimizni o‘ylab ko‘rishimiz kerak.
Muallif bu borada jiddiy savollarni o‘rtaga tashlaydi va jo‘yali javoblarni ham hikmatli tarzda taqdim etadi.
O‘qing, uqing, mulohaza qiling va hayotga yorug‘ nazar tashlang.
Turk tilidan tarjimon: Umida Adizova

