Kitob dinning asosi - Islomdagi iymonning mohiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, diniy-ma’rifiy adabiyotimizni tiklash yo‘lidagi dastlabki qadamlardan birining mevasi hisoblanadi. Kitob ilk bor 1991-yilda "Iymon" nomi bilan o‘zbek tilida nashr etilgan. Kitobda islom va imon nima ekani, shariat istilohida qanday tushunilishi, islomning ilmga va ilm talab qilishga munosabati, imon haqidagi ilmiy dalillar, farishtalarga, payg‘ambarlarga ishonish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Barcha ma’lumotlar Qur’on va sunnatdagi dalillar bilan mustahkamlangan. Keyingi nashr to‘ldirilgan bo‘lib, unda muallifning "Sunnat," "Sunnat va ilmiy mo‘jizalar," "Shariat," "Islom terrorga qarshi," "Islom giyohvandlikka qarshi," "Islom va atrof-muhitni muhofaza qilish," "Islom mo‘tadillik dini," "Islom va inson huquqlari," "Islom va boshqa din vakillari," "Islom va ayollar huquqlari," "ayollar va teng huquqlilik" kabi yangi maqolalari ham o‘rin olgan.

