«Iymon» kitobi taniqli islom olimi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining aqida sohasidagi eng muhim va mashhur asarlaridan biridir. Kitobda islom dinining ustuni bo'lmish iymon tushunchasi, uning shartlari va e'tiqodiy masalalar chuqur va sodda tilda tushuntirib beriladi. Muallif Qur'oni Karim va hadisi shariflar asosida Alloh taologa, Farishtalarga, Muqaddas kitoblarga, Payg'ambarlarga, Qiyomat kuniga va Taqdirga bo'lgan iymonning asl mohiyatini bayon etadi. Asar kitobxonning e'tiqodini mustahkamlashga va islomiy bilimlarni to'g'ri shakllantirishga xizmat qiladi.

