Aksariyat yozuvchilar hayot haqiqatlarini aytishda ramziylikdan foydalanadilar. Bulgakovning mazkur asarini o'qirkanmiz, sho'ro ja- miyatining kirdikorlari fantastika tarzida fosh etilganiga guvoh bo'la- miz. Olim Preobrajenskiy itga odam miyasini ko'chirib o'tkazadi va jo- nivor Sharikov deb nom qo'yilgan odamsifat maxluqqa - ongli, ammo ityurak bir mavjudotga aylanadi. O'sha davrda bu obrazni aslida bol- sheviklar «dohiy»sining timsoli, deb baholashgan. Hozirgi zamonda esa «ilm-fan yutuqlari»ning - sun'iy urchitish yo'li bilan turli jonivor- lar, va hattoki inson klonini yaratishga urinishlarning oqibatida yuza- ga keladigan halokat - har xil zombi-yu manqurtlar, mutantlar paydo bo'lishi mumkinligi anglashiladi. Asarni dastlabki mutolaada tushunmaslik va Bulgakov maqsadi- ga yetib bormaslik tabiiy. Kitobni qayta qo'limizga olarkanmiz, undagi ba'zi obrazlarni atrofimizda ko'ramiz. Kim edig-u, kim bo'ldik yoki kim bo'lamiz - hech bo'lmaganda o'zimizni taftish qilish payti keldi...

