Depilyatsiyadan keyingi regeneratsiyalovchi va tinchlantiruvchi niqob antiseptik ta’sirga ega bo‘lib, terini tezda tiklaydi.
HELP niqobi depilyatsiya jarayonini yakunlash uchun maxsus ishlab chiqilgan. U terini tinchlantiradi, qizarish va tirnashni bartaraf etadi hamda tez tiklanishiga yordam beradi.
Asosiy afzalliklari:
- Terni darhol tinchlantiradi. Depilyatsiyadan keyin teri tarang va sezgir holatga keladi. HELP niqobi diskomfort va qizarishni kamaytiradi, noyob antiseptik formulasi esa yallig‘lanishlarning oldini oladi.
- Nozik va sezgir zonalar uchun ideal. HELP niqobi depilyatsiyadan so‘ng terini tezda tiklaydi, regeneratsiya jarayonini faollashtiradi, teriga yumshoqlik va yangilanish hissini beradi.
- Ichga o‘sib kirgan tuklardan himoya qiladi. Niqobni muntazam qo‘llash ichga o‘sib kirgan tuklar paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi. HELP niqobi terini uzoq vaqt silliq va sog‘lom holatda saqlaydi.
Qo‘llaniladigan sohalar: yuz, qo‘ltiq osti, bikini, qov (pах) sohasi, bel, ko‘krak, qorin.
Qo‘llanish usuli:
- Depilyatsiyadan so‘ng niqobni kerakli joyga surting va 7–10 daqiqa davomida qoldiring.
- Ortiqchasini salfetka yordamida artib tashlang.
HELP niqobi professional hamda uy sharoitida foydalanish uchun mosdir.