Italwax Asal – depilyatsiya uchun iliq mum
Shaffof mum bo‘lib, uzunligi 3 mm dan boshlab tuklarni olib tashlash uchun mo‘ljallangan.
Inchka va och rangli tuklarni depilyatsiya qilishda juda qulay.
Atir va bo‘yoqlar qo‘shilmagan, allergiyaga moyil teriga mos keladi.
Barcha klassik ITALWAX mumlari yuqori yopishuvchanlik (tuklarga mahkam yopishish qobiliyati) xususiyatiga ega. Bu depilyatsiya jarayonining tez va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Tuklar ildizi bilan tezda olib tashlanadi.
Mijoz depilyatsiya vaqtida minimal og‘riq sezadi va uzoq davom etadigan natijaga ega bo‘ladi.
Klassik iliq ITALWAX mumlari tabiiy tarkibga ega: qarag‘ay smolasi va o‘simlik qo‘shimchalari, bu esa teriga ehtiyotkor ta’sir ko‘rsatishni kafolatlaydi.
Eritilish harorati: +40°C
Qo‘llash zonalari: qo‘l, oyoq.

