Italiya adabiyoti o'zbek kitobxonlariga begona emas. Luiji
Pirandello, Janni Rodari, Marsello Venturi, Umberto Eko, Dino
Butsatti nomlari allaqachon adabiyot ixlosmandlarining sevimli
yozuvchilari qatoriga kirib ulgurgan.
Ushbu to'plam orqali biz italyan hikoyanavisligining eng
go'zal namunalarini jamlashga harakat qildik. Maqsadimiz kitob-
xonlarimizni italyan yozuvchilari bilan yanada yaqinroq tanish-
tirish, uning o'ziga xos jihatlari, kishilarining o'y-xayollari, inja
tuyg'ularidan bahramand etishdir.

