Nina va uning egizak singlisi Artemida unchalik oddiy o‘smirlar emas. Agar siz Kuzatuvchilar kengashi davrida ulg‘aygan bo‘lsangiz va o‘rta maktabdagi darslarga unchalik o‘xshamaydigan mashg‘ulotlarda qatnashgan bo‘lsangiz, "oddiy" bo‘lib qolish qiyin. Kuzatuvchilarning vazifasi yovuz kuchlar bilan kurashish uchun sehrli qobiliyatga ega bo‘lgan Qiruvchi qizlarga ta’lim berishdir. Ularning tinimsiz mehnati tufayligina oddiy odamlar mavjud xavfdan bexabar holda yashashda davom etmoqdalar.
Nina bir kun kelib Kuzatuvchilar kengashiga qo‘shilishi kerakligini biladi. Biroq taqdirning yangi, kutilmagan burilishi uning hayotini keskin o‘zgartiradi. Endi unga faqat bir narsa ayon: Tanlangan bo‘lish oson. Tanlash ancha qiyinroq.

