Har oy besh million kishi o‘tmishdan kelajakka qarab yo‘l oladi. Dubay va Shenchjen kabi rivojlanayotgan dunyoning «bir zumda bunyod bo‘lgan shaharlari»ga oqib kelayotgan bu yangi aholi o‘zlari hech qachon ko‘rmagan G‘arb parchalaridan yig‘ib-terib yaratilgan zamonaviy dunyoga duch keladilar. Bo‘sh yerlarda loyihalar bir kechada haqiqatga aylanadigan bu ajoyib va jadal rivojlanayotgan shaharlar yangi va buyuk dunyoning boshlanishini anglatadimi? Yoki ularning shu qadar maqtalayotgan «yangi»ligi shunchaki sarobmi?

